🔹Mazkur, assambleyani Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ochib berdi. Anjumanda, respublika miqyosida 107 ta oliy ta’lim muassasasining liderlari o‘z loyihalari bilan ishtirok etib, erishgan natijalari haqida ma’lumot berishdi.
🖇Shuningdek, hududlardan eng iqtidorli, innovatsion faoliyat bilan shug‘ullangan 556 nafar yigit-qiz “Yoshlar akademiyasi” a’zoligiga qabul qilindi.
📌Eng faol 8 nafar “Yoshlar akademiyasi” lideri Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov tomonidan sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Jumladan, faoliyatini yaqinda boshlagan Yoshlar akademiyasi liderlariga ham “Yoshlar akademiyasi” guvohnomasi hamda belgisi topshirildi.
Quvonarli jihati shundaki, Farg‘ona davlat texnika universiteti M11-24 ET guruh talabalari Q.Mahammadjonov va S.Saydaxmedov ham ishtirok etib, “Yoshlar akademiyasi” lideri guvohnomasini olishdi.


