Kimyo-texnologiya

28-06-2025

KIMYO-TEXNOLOGIYA FAKULTETI DEKANI

Mirzaqulov Gʻulomqodir Raxmatulloyevich

Qabul vaqti: Dushanba - Shanba (9:00 - 12:00)

Telefon:+998 73-241-12-69 

E-mail:g.mirzaqulov@ferpi.uz

 

FAKULTET HAQIDA MA’LUMOT

     1993-yilda Farg‘ona viloyati hududidagi korxonalarda mutaxassis kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj ortishi munosabati bilan “Noorganik moddalar texnologiyasi” va “Sanoat ekologiyasi” mutaxassisliklari bilan yangi Kimyo-texnologiya fakulteti tashkil etildi hamda «Konservalash texnologiyasi» va «Yog‘-moy texnologiyasi» mutaxassisliklari bo‘yicha ham kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.

          1994-yilda «Kimyo-texnologiyasi va biotexnologiya», 2001-yildan boshlab «Oziq-ovqat texnologiyasi» ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashga kirishildi. Shuningdek, 2016-yildan “Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi” hamda 2017-yilda “Kasb ta’limi (Kimyoviy-texnologiya 2023 –yilda  60721000 - Gazni chuqur qayta ishlash texnologiyasi va  60710200- Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishlariga talabalar qabul qilindi.

          Hozirgi kunda Farg‘ona shahrining yirik sanoat korxonalarida fakultet kafedralarining filiallari tashkil etilgan bo‘lib, ta’lim jarayonidagi  nazariy bilimlarni to‘liq amaliyоtda mustahkamlanishiga yordam beradi.

         Fakultetning xorijiy hamkorligi: Tomsk davlat texnika universiteti, Tomsk davlat universiteti, Novisibirsk davlat texnika universiteti, Turkiyaning Ege universiteti, Qozoq milliy agrar universiteti, Kazan Federal universiteti, Osh davlat universiteti, Osh davlat texnologiyalar universiteti.

FAKULTET MISSIYASI VA VAZIFASI

Farg‘ona davlat texnika universiteti Kimyo texnologiya fakultetining asosiy vazifalaridan biri ta’lim, ilmiy va ishlab chiqarish jarayonlari hamkorligini ta’minlash, hamda mamlakatimiz kimyo, neft va neft-gaz, oziq-ovqat, biotexbologiya, metrologiya, qishloq xo‘jaligi sohalarini rivojlantirish uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iboratdir.

 Bundan tashqari, fakultet taraqqiyotini O‘zbekistonda fan va innovatsiya rivojlanishida jadal sur’atlar bilan ilgarilashini ta’minlash fakultetning muhim vazifalaridan sanaladi.

 

ASOSIY QADRIYATLAR

 

  • Fakultetda ilmiy va kasbiy qiziqishlarini amalga oshirish uchun talabalarimizga imkoniyat yaratib berish, ya’ni barcha talabalar, o‘qituvchi va universitet xodimlari uchun ijodiy va ijobiy sharoit yaratib berish.
  • Bakalavriyat, magistratura kasb-hunar va oliy ta’limdan keyingi ta’limda faoliyat ko‘rsatuvchi ilmiy xodimlar uchun o‘zaro mustahkamlovchi va yuqori sifatli hamda ijodiy ta’limni targ‘ib etuvchi samarali o‘quv dasturlarini taklif etish.
  • Jamiyatning bevosita va uzoq muddatli etiyojlarini qondirish uchun zamin yaratadigan ko‘plab ilmiy, tadqiqot va ijodiy harakatlar orqali yangi bilimlarni yaratish.
  • Tillar, madaniyatlarni o‘rganish imkoniyatlari va ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va texnologik o‘zgarishlar natijalari hamda universitet hududidan tashqarida va chet elda ta’lim olish, ilmiy izlanishlarni rag‘batlantirish orqali madaniy tasavvurni mustahkamlash.
  • Talabalarga milliy va xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan barcha dastrularda mukammallik va standartlarni saqlab qolish.

 

BARQARORLIK

Iqlimdagi favqulodda vaziyatni hal qilish bizning kampusimizni qanday isitishimiz va quvvatlantirishimizdan ko'ra ko'proq narsani anglatadi; Universitet hayotining barcha sohalarida barqarorlikni joriy etish bizning vazifamizdir:

  • Bizning sohadagi tadqiqotlarimiz kelajakka qaratilgan bo'lib, ko'plab professorlarimiz mahalliy va global ahamiyatga ega loyihalar ustida ishlamoqda.
  • Bizning o'quv dasturimiz hozirgi voqealar va biz yashayotgan doimiy o'zgaruvchan landshaft atrofida o'qitishni davom ettirmoqda.
  • Biz har kuni tabiat va jamiyatimiz uchun kampus muhitini yaxshilayapmiz, mavjud bo‘sh joyimizdan unumli foydalanmoqdamiz va xaridlarimiz ta’sirini tushunish uchun astoydil harakat qilmoqdamiz.
  • Barqaror oziq-ovqatda bizning asosiy e'tiborimiz mavsumiy, mahalliy manbalardan olingan ingredientlarga qaratilgan bo'lib, ozuqaviy jihatdan muvozanatli va ekologik toza menyularni ta'minlaydi. Biz sog'lom variantlarga ustuvor ahamiyat beramiz va o'simlik asosidagi tanlovlarga ortib borayotgan talabni qondirib, qadoqlash chiqindilarini kamaytirish uchun yetkazib beruvchilar bilan ishlaymiz.

 

FAKULTET KAFEDRALARI

  • “Kimyo muhandisligi” kafedrasi
  • “Oziq-ovqat texnolo­giyasi va xavfsizligi” kafedrasi
  • “Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasi
  • “Metrologiya va standartlashtirish” kafedrasi

BAKALAVRIAT TA'LIM YO‘NALISHLARI

  • 60710100-Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)
  • 60720100-Oziq-ovqat tex­nologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha)
  • 60720500- Funksional ovqatlarish va bolalar mahsulotlari texnologiyasi
  • 60721100-Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi
  • 61020200 – “Mehnat muhofazasi va texnika xafvsizligi” ta’lim yo‘nalishi
  • 60721000 - Gazni chuqur qayta ishlash texnologiyasi
  • 60710200- Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha
  • 5410500  Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha)
  • 60710800  Metrologiya va standartlashtirish
  • 60711100  Biotibbiyot muhandisligi    
  • 60711300  Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo‘yicha)   
  • 60720400  Konservalash texnologiyasi 

MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI

  • 70710101  Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar texnologiyasi)  Magistr   
  • 70711302  Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)  Magistr   
  • 70720101  Oziq-ovqat texnologiyasi  Magistr   
  • 70721102  Neft va gazni qayta ishlash va kimyoviy texnologiyasi  Magistr   
  • 70810701  Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi  Magistr   
  • 71020201  Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi  Magistr

FAKULTETDA DEKAN LAVOZIMIDA QUYIDAGI OLIMLAR ISHLAGAN

  • 1993-2004-yillarda t.f.n Mirsalimova Saodat Raxmatjanovna,
  • 2004-2008-yillarda t.f.n., Salim Sottievich Sobirov,
  • 2008-2011-yillarda q.x.f.d. Odiljon Olimjonovich Ibragimov,
  • 2011-2013-yil­larda t.f.n., dotsent Omonullo Numonovich Sulaymonov,
  • 2013-2014-yillarda q.x.f.n. Umarali Rustamovich Tojiboev,
  • 2014-2015-yillarda t.f.n. Rustam Abduraxmonovich Anorov.
  • 2015-2018-yillarda f.-m.f.n, Germaniya Ozodlik universite­ti tabiiy fanlar doktori, Jahongir Dehqonovich Mamajonov
  • 2018- 2019-yillarda t.f.(PhD). Tojiyev Rustam Rasulovich
  • 2019-2020-yilarda t.f.d. Xamdamova Shoxida Sherzodovna.
  • 2020-2021-yillarda t.f.d. (PhD). Usmonov Shukurullo Yulbarsovich
  • 2021-2022 yillarda t.f.d. (PhD). Sulaymonov Omonjon Numonovich
  • 2022 -2023 yilda t.f.d (DSc)Tojiyev Rustambek Rasulovich

      2023-yildan hozirgi vaqtgacha t.f.f.d.(PhD).  Mirzaqulov Gʻulomqodir Raxmatulloyevich dekan lavozimida ishlab kelmoqda.

            O‘tgan davr mobaynida fakultetni 3000 nafardan ortiq mutaxassis tamomlab, hozirgi kunda ular Respubli­kamizdagi “Farg‘onaazot” AJ, “FNQIZ”, “Farg‘ona yog‘-moy”, “Farg‘onadon”, “Qo‘qon superfosfat”, “Qo‘qon spirt”, “Qo‘qon yog‘-moy”, “Quvasoy sement” kabi yirik korxonalarda va tashkilotlarda yuqori lavozimlarda ishlab kelmoqdalar.

        Fakultetda kafedralarida jami 87 nafar professor-o‘qituvchilar, jumladan 5 nafar professor, 34 nafar fan do­ktori, 20 nafar dotsent, 87 nafar o‘qituvchilar va 11 nafar doktorantlar  faoliyat olib boradilar. Ularning tashabbusi bilan 11 marotaba respublika va 2 marotaba xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazildi.

      O‘tgan davr ichida fakultetning ko‘plab iqtidorli ta­labalari a‘lo o‘qishlari va namunali hulqi, jamoat ishlaridagi faol ishtiroklari uchun davlatimizning nom­dor stipendiyalariga sazovor bo‘lganlar. Jumladan:

  • Minavarova Barchinoy 1997-yilda “Beruniy” va 1998-yilda “Ulug‘bek” nomidagi davlat stipendiyasi sohibi,
  • Turdaliyev Umidjon 2003-yilda “Beruniy” nomidagi davlat stipendiyasi sohibi,
  • Hadyatullaeva Nafisa 2005-yilda “Beruniy” nomidagi davlat stipendiyasi sohibi,
  • Raxmonov Shuhrat 2008-yilda “Beruniy” nomidagi davlat stipendiyasi sohibi,
  • Domlajonova Shahlo 2007-yilda Evroosiyo tadqiqotlar institutining D.I.Mendeleev nomidagi xalqaro stipendiyasi sovrindori bo‘lganlar
  • Turdaliyeva Mahzuna 2009-yilda “Beruniy” nomidagi davlat stipendiyasi sohibi,
  • Aliyeva Farida 2015-yilda “Beruniy” nomidagi davlat stipendiyasi sohibi,
  • Hakimov Farrux 2015-yilda “Beruniy” nomidagi davlat stipendiyasi sohibi,
  • Axmedova Feruza 2017-yilda “Beruniy” nomidagi davlat stipendiyasi sohibi,
  • Shodiyev Dilshodjon 2018-2019 - o‘quv yilida “Beruniy” nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori,
  • Baxtiyorova Diyora 2019-yilda “Beruniy” nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi,
  • Tursunova Dilnoza 2021-yilda “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sohibasi,
  • Oripova Zarnigor 2022-yilda “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sohibasi bo‘lgan.
  • Tursunaliyeva Feruza 2022 yilgi Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori
  • Tursunaliyeva Feruza – 2023 yil “Prezident” nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori.
  • Sotvoldiyev Ulug‘bek – 2024 yil “Beruniy” nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori.
  • To‘xtanov Nodirbek – 2024  yilgi “Islom Karimov” nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori

          O‘tgan davr mobaynida fakultetning o‘quv ishlari bo‘y­icha dekan muovini lavozimida A.Matkarimov, A.Sobirov, A.Rahimov, A.Shayev, R.Anorov, O.Rahmonov, N.Abdug‘anievlar samarali mehnat qilganlar. Bugungi kunda G‘.Mirzaqulov, A.Aminjonov va Z.Kamolovlar o‘quv faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirib kelmoqdalar.

    Fakultetdagi mavjud o‘quv-me’yoriy hujjatlarni namu­nali tashkil etish va rasmiylashtirish, o‘quv jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni va axborot-kommunikatsiya vositalarini joriy etish bo‘yicha bir qator ishlar tashkillangan va amalga oshirib borilmoqda. Yosh avlod tar­biyasida ta’lim muassasasi bilan ota-onalar hamkorligi g‘oyat muhim o‘rin tutishini inobatga olgan holda, ota-ona­lar bilan muloqot o‘rnatilib, talabalarning davomati va o‘zlashtirishlarini yaxshilash bo‘yicha doimiy tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini la­vozimida E.Qurbonov, S.S.Sobirov, B.Usmonov, A.Bozorov, X.Asqarov, U.Ergashevlar faoliyat ko‘rsatganlar. Bugungi kunda bu la­vozimda faoliyat yuritayotgan R.Madumarov fakultet talabalarining ma’naviy ongini shakllanti­rish, darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni tash­killash maqsadida ta’lim-tarbiya jarayonining sifat ko‘r­satkichlarini oshirishga katta e’tibor qaratishgan.